Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosovo bosh vaziri respublikani NATO va YeIga qabul qilishlarini so‘radi
Serbiya tashqi ishlar vaziri Nikola Selakovich Kosovoning NATOga qabul qilinishi Bolqon hududini beqarorlashtirishini bildiradi.
Qisman tan olingan Kosovo bosh vaziri Albin Kurti respublikani NATO va YeIga qabul qilishlarini so‘radi.
"Biz YeI va NATOga kirishni istaymiz. Agar bizni qabul qilishsa, bu Kosovo xalqi, respublika hamda butun mintaqa va dunyo uchun yaxshi bo‘ladi", - deya Kurtining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kosovo Online portali.
Avvalroq Kosovo mudofaa vaziri Armend Mexay NATOga tezroq qabul qilishlarini va uning hududida AQShning muntazam bazasini tashkil etishni so‘ragandi.
O‘z navbatida, Serbiya tashqi ishlar vaziri Nikola Selakovich Kosovoning NATOga qabul qilinishi Bolqon hududini beqarorlashtirishini bildirdi.
Kosovo va Metoxiya avtonom o‘lkasi 2008 yil fevralda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qilgan. Kosovoni yuzdan ortiq mamlakat tan olgan, 60dan ortiq mamlakat, jumladan, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Yevroittifoqning besh davlati uning mustaqil bo‘lishiga qarshi chiqqan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025