O‘zbekiston | 08:45 / 04.03.2022
1714
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqda ota uch nafar farzandiga aliment evaziga uy berdi

Qo‘ng‘irot tumanlararo fukarolik ishlari bo‘yicha sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor N.S. undiruvchi G.Seytekovaning foydasiga 3 nafar farzandi ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan aliment majburiyatlari o‘tgan yilning aprel oyigacha qarzdorning fermer xo‘jaligidagi ish haqidan undirib kelingan.

Lekin aprel oyidan avgust oylari oralig‘ida to‘lanmaganligi sababli bo‘lim tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib, sud qarori bilan qarzdor otaga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Shundan o‘ziga xulosa chiqarmagan qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, baribir to‘lamay kelganligi sababli bo‘lim tomonidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlari tushuntirilgan.

Shundan so‘ng qarzdor N.S. tomonidan o‘ziga tegishli uyini farzandlariga rasmiylashtirib berish istagini bildirgan va ko‘rsatilgan amaliy va huquqiy yordam natijasida alimentchi ota uch farzandiga aliment evaziga uyini rasmiylashtirib bergan.

Ijro hujjati esa “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddasiga binoan qisqartirilgan.

Bundan oldin Nukus shahrida ham 3 nafar ota uch nafar farzandiga aliment evaziga uy bergandi.

Mavzuga oid