Jahon | 16:23 / 04.03.2022
11885
1 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg NATO Ukrainadagi to‘qnashuvlar ishtirokchisi emasligini bildirdi

Shu bilan birga, alyans bosh kotibi NATO Rossiya bilan chegaradagi joylashuvini kuchaytirishini ta’kidladi.

Foto: Getty Images

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans Ukraina hududidagi nizo ishtirokchisi emasligini bildirdi.

«NATO ittifoqchilari mislsiz sanksiyalar qabul qildi, Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo shu bilan birga, NATO nizo ishtirokchisi emas. NATO – mudofaa ittifoqi, biz Rossiya bilan harbiy nizoga intilmaymiz», — dedi u.

Stoltenberg NATO Rossiya bilan chegaradagi joylashuvini kuchaytirishini ta’kidladi.

«NATO ittifoqchilarini himoya qilishiga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak. Shu sababli alyansning sharqiy qismini kuchaytirdik», — dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid