Surxondaryoda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Mast holda mashina boshqarib yurgan haydovchi ishni bosti-bosti qilish uchun YPX xodimiga 2 million so‘m pora berishga uringan.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 mart kuni soat 17:30 larda profilaktika inspektori tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani Ismoiltepa mahallasi hududida 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro H.O‘. o‘ziga tegishli bo‘lgan Matiz mashinasini mast holda boshqarib yurgani aniqlangan.
Inspektor bu haqda YPX xodimlariga xabar beradi. YPX inspektori haydovchini alkotester moslamasi bilan tekshirganda haydovchi H. O‘. mast holda ekani tasdiqlanadi. Qoidabuzar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi va mashina vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga joylashtiriladi.
Haydovchi H.O‘. YPX xodimiga ma’muriy bayonnomani bekor qilish evaziga 2 million so‘m taklif qiladi. YPX xodimi bu ish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini aytganiga qaramay haydovchi H. O‘. pora taklif qilishda davom etadi.
Shundan so‘ng YPX xodimi viloyat IIB boshlig‘i nomiga fuqaro H. O‘.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab bildirgi bilan murojaat qiladi. IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari ushbu bildirgiga asosan 2022 yilning 4 mart kuni soat 18:30 larda IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro H.O‘. YPX xodimi B.O‘.ga 2 million so‘mni pora sifatida berayotganida ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:46
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
17:42 / 05.11.2024