Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 ta hududda milliy tabiat bog‘lari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘rmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, Qoraqalpog‘iston, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari o‘rmon fondi yerlarida «Orolqum», «Pop», «Omonqo‘ton», «Yuqori To‘palang» va «Bobotog‘» milliy bog‘lari tashkil etiladi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi milliy tabiat bog‘larining muassisi hisoblanadi.
Milliy tabiat bog‘larining faoliyati davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjat bilan «Orolqum», «Pop», «Omonqo‘ton», «Yuqori To‘palang» va «Bobotog‘» milliy bog‘larining yer maydonlari, qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalaniladigan zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.
Mavzuga oid
00:27 / 01.05.2025
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi
20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi
10:41 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi
11:14 / 21.01.2025