Jamiyat | 14:02 / 09.03.2022
15649
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zga yurtda vatandoshlarimiz yordamiga muhtojmiz” - xorijdagi chorasiz oila dardi

Andijonlik 36 yoshli bemor Xushnudbek jigar transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish uchun oilasi bilan xorijda. Donor bor, mutaxassislar bor, ammo operatsiya uchun ketadigan mablag‘ to‘liq to‘planmagani uchun zudlik bilan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan amaliyot to‘xtab turibdi.

Andijon viloyatining Qorasuv shahrida tug‘ilgan 36 yoshli Xushnudbek Nazirov bundan 6 yil avval jigar sirroziga chalingan. Muolajalar, parvarishlar har qancha e’tibor bilan olib borilayotgan bo‘lsa-da yigitda xastalikning so‘nggi og‘ir bosqichlari kechayotgani sabab shifokorlar unga jigar transplantatsiyasi amalga oshirilishi kerakligini tavsiya qilishgan.

Oila bu operatsiyani o‘tkazish uchun bor-yo‘g‘ini sotib, yaqinlari va saxiylar yordamida mablag‘ to‘plagan. Hozir oilaning uch a’zosi: bemor, uning turmush o‘rtog‘i va donor bo‘layotgan ukasi Hindistonda bo‘lib turishibdi.

Ammo ularning mablag‘lari bu murakkab operatsiya uchun yetarli miqdorda emas. Shuning uchun o‘zga yurtda turib o‘z vatandoshlaridan madad kutmoqda.

“Yaxshilarning ko‘magi, yaqinlarimizning yordamlari bilan 20 ming AQSh dollari to‘plandi va Hindistonga keldik. Operatsiyani o‘tkazish uchun 5 ming AQSh dollari yetmagani uchun imkonsiz turibmiz. Jarrohlik amaliyotini iloji boricha tezroq o‘tkazishimiz kerak ekan. Shuning uchun saxovatpesha yurtdoshlarimiz yordamiga muhtojmiz”, — deydi bemorning turmush o‘rtog‘i Shahnoza Hayitboyeva.

O‘zbekistonda bemorning ikki farzandi ota-onasining yo‘liga intizor. Qo‘l uchida kun ko‘radigan oilaning ahvoli o‘nglanishi uchun avvalo oila boshlig‘i sog‘ayishi lozim. Uning sog‘lom hayotga qaytishi uchun bir qadam qolgan xolos. Shu kichik qadamning katta savoblaridan bebahra qolmaylik!

Bemor Xushnudbek Nazirovga oid ma’lumotlar:

Uzsard: 8600 0304 6320 6007 Xushnudbek Nazirov nomida

Humo: 9860 0301 7609 0980 Xushnudbek Nazirov nomida

Mavzuga oid