Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:05 / 10.03.2022
70325
2 daqiqa o‘qiladi
9 ta hududda sel xavfi e’lon qilindi
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi. “O‘zgidromet” tegishli axborot bilan chiqdi.
Joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson, tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq, Piskent tumanlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
16:51 / 27.05.2025
Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025