Kreml: Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv masalasi muhokama qilinmoqda
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi mumkin. Bu masala Turkiyadagi TIV rahbarlari uchrashuvida muhokama qilingan.

Foto: TASS
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv o‘tishi mumkinligini istisno qilmadi: «Kiyev doimiy Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv tashkil qilish taklifi bilan chiqmoqda. Hozir bu masala TIV rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilinyapti», deb Peskovning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Putinning matbuot kotibi bu so‘zlarni aytayotganda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Turkiyaning Antalya shahrida mezbon mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu ishtirokida muloqot o‘tkazishayotgandi. Lavrov uchrashuv davomida chindan Putin va Zelenskiy uchrashuvi masalasi muhokama qilingani, ammo Rossiya shunchaki uchrashish uchun uchrashuv o‘tkazishga qarshi ekanin aytdi. Uning fikricha, bunday uchrashuvlarda aniq kelishuvga erishish kerak.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha marta rossiyalik hamkasbini yuzma-yuz uchrashib, gaplashishga chaqirgandi.
Mavzuga oid

14:51
Zelenskiy rossiyalik artistlar va sportchilarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida

00:47 / 18.04.2025
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

22:36 / 17.04.2025