Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moratoriyga qaramasdan Farg‘onada daraxt kesish holati aniqlandi
Noqonuniy tarzda 3 tup chinor daraxtini kesgan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, tabiatga yetkazilgan zarar 103 million 950 ming so‘m miqdorida hisoblangan.
Davlat Ekologiya qo‘mitasining xabar berishicha, Qo‘qon shahrining "Shirin" MFY hududida fuqaro B.Q. 3 tup chinor daraxtini ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan. Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Qo‘qon shahar bo‘limi davlat inspektorlari mazkur huquqbuzarlik holatini o‘rganib, tabiatga 103 950 000 so‘mlik zarar yetkazilgan deb topishgan. Fuqaroga shuningdek, O‘zbekiston MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning besh barobari, ya’ni 1 350 000 so‘m miqdorida jarima ham qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi davlat universiteti hududida 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Shuningdek, Andijonda tug‘uruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangan. Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod ko‘chalari kesishmasida ekilgan eldor qarag‘aylari kechki payt noma’lum shaxslar tomonidan kesib ketilgan. Andijon va Toshkentdagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Qashqadaryoda 10 tup qayrag‘ochni kesgan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, tabiatga yetkazilgan zarar 32,4 million so‘m miqdorida hisoblangan.
Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uchun jarimalar 5 barobarga oshirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilishi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesish holatlarini foto va videotasvirga olib jo‘natganlarga pul to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025