Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi
“Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Bildirilishicha, so‘nggi yillarda internetda ma’lumotlar aylanmasi tobora oshib, ushbu tarmoqqa a’zo bo‘lganlar soni ko‘payib bormoqda. Bu internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda yuklanayotgan, oshkora qilinayotgan ma’lumotlar orasida shaxsga doir ma’lumotlar hamda sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning oshkora qilinishi holatlari sonini oshirmoqda.
“Ushbu holatlar shaxsga doir ma’lumotlarni internet orqali identifikatsiya qilish imkoniyatini yaratmoqda, bundan tashqari sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar oshkora qilinishi salbiy holatlarga sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida fuqarolar shaxsiyatiga putur yetkazish, ayrim hollarda esa moddiy zarar yetkazilishi ham kuzatilmoqda”, deyiladi loyihada.
Loyihada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-1- (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) va 46-2-moddasini (Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) hamda Jinoyat kodeksining 141-1- (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) va 141-2-moddasini (Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda joylashtirish orqali shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatishni nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirish orqali tegishli javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
10:39 / 24.05.2025
Shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid jinoyatlar 40 foizga oshdi
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi
14:55 / 22.12.2024