Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Afg‘onistondagi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha muzokara boshladi
Afg‘oniston g‘arbidagi yirik temir konini o‘zlashtirish uchun Eron ham muzokara o‘tkazmoqda.
Xitoy "Tolibon" harakati vakillari bilan Afg‘onistondagi eng yirik Mes Aynak mis konini o‘zlashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi, deb xabar berdi Wall Street Journal.
Kon Kobuldan 40 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, metall zaxiralari bo‘yicha dunyodagi eng muhim konlardan hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Pekin shuningdek, mamlakat shimoliy qismidagi Amudaryo neft-gaz hududidan foydali qazilmalarni qazib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Nashrning ma’lumot berishicha, Afg‘oniston g‘arbidagi yirik temir konini o‘zlashtirish uchun Eron ham muzokara o‘tkazmoqda.
Amerikalik ekspertlar o‘n yil avval Afg‘onistondagi barcha mineral resurslar qiymatini 1 trln dollar deb baholagan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025