O‘zbekiston | 07:29 / 16.03.2022
18149
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi bir qator cheklovlar bekor qilindi

O‘zbekistonga kirishda vaksina olgan chet elliklardan PZR-test talab qilish bekor qilindi.

Foto: Kun.uz

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirusga qarshi bir qator talablarning amal qilishi to‘xtatildi

Xususan, 2022 yilning 16 martidan boshlab, O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi.

Shuningdek, O‘zbekistonga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR-testi natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotga ega bo‘lishi talabi bekor qilinmoqda.

Xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lgan taqdirda, ulardan PZR-testi natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qo‘yilmaydi.

Bundan avval O‘zbekiston va Turkiya emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Mavzuga oid