Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropani Rossiya o‘rniga gaz bilan ta’minlashga va’da berdi
Hozirda Rossiya YeIning gazga bo‘lgan ehtiyojining 40 foizini ta’minlaydi.
AQSh Yevroittifoq bilan bu yil Yevropaga Rossiya eksporti o‘rnini bosish uchun kamida 15 mlrd kub metr suyultirilgan gaz yetkazib berishni ta’minlashga kelishib oldi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar Yevropaning Rossiya energiya resurslariga qaramligini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilgan.
Yevropa qo‘shimcha gazni qayerdan: gaz qazib olish kengayishi hisobiga yoki mavjud oqimlarning yo‘naltirilishi evaziga olishi noaniq, deb yozadi Bloomberg.
AQShning o‘zi 15 mlrd kub metrning qancha qismini yetkazib berishiga aniqlik kiritilmagan, deya qayd etadi Reuters.
Bu vazifani AQSh bajara oladi, biroq Yevropa osiyolik iste’molchilar talabini yo‘qqa chiqarish uchun yonilg‘ini yuqoriroq narxda sotib olishiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblaydi Bloomberg.
Hozirda Rossiya YeIning gazga bo‘lgan ehtiyojining 40 foizini ta’minlaydi.
Qayd etilishicha, Yevropa Rossiyadan har yili gaz quvurlari orqali 150 mlrd kub metrga yaqin tabiiy gaz va yana 14-18 mlrd kub metr suyultirilgan gaz shaklida oladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025