Jahon | 23:01 / 25.03.2022
22336
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Putinni yana bir bor “harbiy jinoyatchi” deb atadi

Avvalroq Jo Bayden Fox News telekanali jurnalisti savoliga javoban Vladimir Putinni “harbiy jinoyatchi” deb aytgandi.

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni yana bir bor “harbiy jinoyatchi” deb atadi.

“Ukrainadagi vayronkorliklar men harbiy jinoyatchi deb hisoblaydigan odam tomonidan amalga oshirilmoqda”, dedi Oq uy rahbari Polshaga tashrifi chog‘ida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "bu yuridik nuqtai nazarga mos keladi".

Avvalroq Bayden Fox News telekanali jurnalisti savoliga javoban Putinni “harbiy jinoyatchi” deb aytgandi.

Buning ortidan Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning Moskvadagi elchisi Jon Sallivanni chaqirtirgan va unga norozilik notasini topshirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid