Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Rossiya gazidan to‘liq voz kechdi
Qayd etilishicha, Litva Klaypeda suyultirilgan tabiiy gaz terminali orqali o‘zini gaz bilan to‘liq ta’minlaydi.
Foto: Reuters
Litva apreldan boshlab Rossiyadan tabiiy gaz olishdan voz kechdi. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik Litvaning Amber Grid gaz yetkazish operatori ma’lumotlarini keltirdi. Unga ko‘ra, 2 aprel holatiga Rossiyadan Litvaga gaz import qilish 0 MVt/soatga teng bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mamlakat Klaypeda suyultirilgan tabiiy gaz terminali orqali o‘zini gaz bilan to‘liq ta’minlaydi.
Avvalroq Litva markaziy banki boshqaruvi raisi Gediminas Shimkus mamlakat 40 foiz gazni Rossiyadan import qilishini aytgandi.
«Bu oz emas, ammo qo‘shnilarimizga nisbatan (Latviya, Estoniya, Finlyandiyada bu ko‘rsatkich 80 foizni tashkil qiladi) yaxshiroq holatdamiz», — degandi u.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
08:40 / 13.05.2025