O‘zbekiston | 07:49 / 07.04.2022
3185
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda biotexnologiyalar asosida dorilarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Vazirlar Mahkamasining “Biotexnologiyalar asosida dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezidentning “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan:

  • Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha komissiya tarkibi tuzilgan;
  • Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteriga (biotexnologik klaster) tutash hududdan qo‘shimcha 80 gektar yer maydonini ajratish hisobiga Biotexnologik klaster hududi kengaytirilgan;
  • Biotexnologik klaster hududini kengaytirish uchun ajratiladigan 80 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer uchastkalari sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilgan;
  • Biotexnologik klaster hududida 142,8 mln AQSh dollarlik 6 ta investitsiya loyihasi tashkil etilmoqda.

Farmatsevtika sanoatini ilg‘or texnologiyalar asosida rivojlantirish hamda mahsulotlar sifati xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutuvchi:

  • Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida joylashtirish taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
  • dorivor o‘simliklarni qayta ishlash asosida substansiyalar va biologik faol moddalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dasturi tasdiqlanadi.

Biotexnologik klaster hududida joylashtirish taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalariga, zarurat bo‘lganda, asoslantirilgan o‘zgartirishlar kiritish huquqi prezidentning “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tuzilgan Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha komissiyaga beriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda:

  • 5 turdagi biologik faol modda substansiyalari va yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish;
  • 12 turdagi ekstrakt va biologik faol qo‘shimcha tajriba namunalarini ishlab chiqarish va sertifikatlash;
  • endemik dorivor o‘simliklarni qayta ishlash asosida O‘z DSt ISO 22000:2019 hamda xalqaro ISO 22000:2018 standartiga javob beradigan “Turkiston ayugasi”, rastoropsha, rodiola, lyutserna ekstraktlarini ishlab chiqarish;
  • dorivor o‘simliklar ekstraktlarini (anor qovug‘i, qizilmiya ildizi, na’matak mevasi, uzum urug‘i va qovug‘i) qayta ishlash asosida biologik faol moddalar substansiyalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
  • biologik faol moddalar va substansiyalarni sanoat miqyosida ajratib olish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid