Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishsizlik darajasi ikki baravarga oshishi mumkin - Bloomberg
Mart oyida yangi vakansiyalar soni fevraldagiga nisbatan 20 foizga kamaygan.
Rossiyada 2022 yil yakunlari bo‘yicha ishsizlik birinchi chorakdagiga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi tahlilchilar fikriga tayanib xabar berdi.
Ularning taxminiga ko‘ra, mamlakatda ishsizlik darajasi 9 foizdan oshib, o‘n yil davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetadi.
«Bu Rossiyada islohotlar boshlangan va zavodlar yopilgan 90-yillar boshlarini eslatadi», — degan oliy iqtisodiyot maktabi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Yevgeniy Gontmaxer agentlik bilan suhbatda.
Qayd etilishicha, kompaniyalar ommaviy ishdan bo‘shatishlar o‘rniga maoshlarni qisqartirishi, xodimlarni to‘liqsiz ish kuniga o‘tkazishi yoki haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarishi mumkin.
Mart oyida yangi vakansiyalar soni fevraldagiga nisbatan 20 foizga kamaygan, eng keskin pasayishlar Moskva va Sankt-Peterburgga to‘g‘ri keladi, deb yozadi Bloomberg.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025