Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Rossiya nefti va ko‘miri uchun yuanda pul to‘ladi
Xitoy iqtisodiy sanksiyalar bois energiya resurslari uchun yuanda pul to‘lashga o‘tishga qaror qildi.
Xitoydagi ayrim importyorlar Rossiya nefti va ko‘miri importi uchun yuanda to‘lov qilishga o‘tdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Xabarda aytilishicha, bir nechta kompaniya aprel oyida olinadigan ko‘mir uchun mart oyida yuanda pul to‘lagan. Yuanga sotib olingan neft esa may oyida yetkazib berilishi aytilmoqda.
Xitoy iqtisodiy sanksiyalar bois energiya resurslari uchun yuanda pul to‘lashga o‘tishga qaror qildi. Rossiyaning qator banklari SWIFT tizimidan uzilganidan so‘ng xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish qiyinlashdi.
Ma’lumot berilishicha, Rossiya o‘tgan yili Xitoyga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.
Avvalroq MDH ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov hamdo‘stlik mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda dollar va yevro o‘rniga Xitoy yuanidan foydalanishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025