Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya bosh vaziri lokdaun vaqtida bazm uyushtirgani uchun jarimaga tortildi
Boris Jonson Buyuk Britaniyaning qonun buzgani uchun jarimaga tortilgan ilk bosh vaziri bo‘ldi.
Foto: AP
London politsiyasi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Britaniya g‘aznasi kansleri Rishi Sunakni koronavirus pandemiyasi davrida cheklovlarni buzgani uchun jarimaga tortdi.
Britaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u jarimani to‘lagan va bo‘lib o‘tgan voqea uchun uzr so‘ragan.
"O‘sha paytda bu qoida buzish bo‘lishi xayolimga kelmagan. Politsiya buning aksini aniqladi va men ularning tekshiruvi natijalarini hurmat qilaman", - dedi Jonson.
Jonson Buyuk Britaniyaning qonun buzgani uchun jarimaga tortilgan ilk bosh vaziri bo‘ldi. Ammo u muxolifat talab qilganidek iste’foga chiqishdan bosh tortdi.
Ma’lum qilinishicha, Jonson 2020 yil iyunda tug‘ilgan kunini 30 kishi bilan nishonlagan. O‘sha paytda mamlakatda lokdaun joriy etilgan, ochiq havoda olti nafardan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlangandi.
Keyinroq Boris Jonson 20 may kuni o‘tkazilgan bazmda ham ishtirok etganini bildirib, parlamentda uzr so‘ragandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025