Mariupolga press-tur, Xarkov o‘qqa tutilishi davom etmoqda. Urush suratlari
13 aprel kuni Vladimir Putin Ukraina tomoni Istanbulda erishilgan kelishuvlardan og‘ishgani va muzokaralar «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani» haqida gapirdi. Aleksandr Lukashenko Buchada tinch aholining o‘ldirilishini Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan «psixologik maxsus amaliyot» deb atadi. Putin esa, Ukrainadagi hodisalar haqida gapirarkan, «fojia» so‘zini ishlatdi, ammo Rossiyaga «tanlov qoldirilmagani»ni qo‘shimcha qildi. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Rossiya armiyasining Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon Mariupol va uning atrofidagi hududlarda 20-22 ming kishi halok bo‘lganini aytdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Muxolifat platformasi — Hayot uchun» partiyasi rahbari Viktor Medvedchuk qo‘lga olinganini aytdi, OAVda u«Putinning kumi» deb ataladi - Putin uning qizining cho‘qintirgan otasi hisoblanadi.
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlarini ilk bor genotsid sifatida xarakterladi. Bungacha, hatto Bucha va Kiyev oblastining boshqa shaharlarida tinch aholining o‘ldirilishiga oid faktlar ma’lum bo‘lganida ham Bayden faqat «harbiy jinoyatlar» atamasini qo‘llagandi.
- Shu kunlarda xorijlik korrespondentlar kirishiga ruxsat berilgan Mariupolda janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya harbiylari «Azovstal» metallurgiya kombinati va dengiz porti yo‘nalishida hujumga o‘tayotgani haqida xabar bergan.
- Jo Bayden ma’muriyatidagi manba ko‘plab nashrlarga yaqin vaqtlar ichida AQSh Ukrainaga yana 750 mln dollarlik yordam berishi haqida e’lon qilinishi to‘g‘risida xabar berdi. Bu pullarga texnikalar xarid qilinadi, ammo bu qanday texnikalar bo‘lishi ma’lum emas.
- Ukraina prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon mamlakatda 191 nafar bola halok bo‘lgan, yana 540 bola yaralangan.
- Polsha, Litva, Estoniya va Latviya prezidentlari Ukrainada bo‘lib, Kiyevda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, ular Ukraina poyezdida Kiyevga yo‘l olmoqda.
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024