Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq kodeksiga foyda solig‘i bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi
Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev xabar berdi.
Unga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda solig‘idan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab:
- 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha miqdorda - 3 yil muddatga;
- 5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha miqdorda - 5 yil muddatga;
- 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdorda investitsiyalar kiritilganda - 10 yil muddatga ozod etiladi.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasini ishlab chiqishga prezidentning "Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroridagi vazifalar va erkin iqtisodiy zonalarning 100 dan ortiq ishtirokchilari murojaatlari asos bo‘lgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingani aytiladi.
Bundan oldin 1 maydan norezidentlarning O‘zbekistondagi daromadi bo‘yicha soliq stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda
13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi
08:40 / 31.12.2021
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i kamaytirildi
07:44 / 28.12.2021