Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati delegatsiyasi Tayvanga boradi
Amerikalik delegatlar Tayvan yetakchisi Tsay Inven bilan uchrashuv o‘tkazadi.
AQSh Senati delegatsiyasi Xitoy bilan nizoda bo‘lgan Tayvanga boradi, deb xabar berdi Formosa telekanali.
Xabarga ko‘ra, senator Robert Menendes boshchiligidagi delegatsiya 14 aprel kuni kechqurun Tayvanga tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibidan senatorlar Lindsi Grem, Richard Byorr, Ben Sass, Rob Portman va Ronni Jyekson o‘rin olgan.
Amerikalik delegatlar Tayvan yetakchisi Tsay Inven bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Avvalroq AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurishni rejalashtirgandi, ammo u koronavirus yuqtirib olgani uchun safar bekor qilindi.
Tayvan oroli 1949 yildan buyon o‘z mustaqil ma’muriyati tomonidan boshqariladi. Xitoy Tayvanni o‘zining ajralmas hududi deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025