O‘zbekiston | 15:19 / 18.04.2022
28343
1 daqiqa o‘qiladi

1 maydan pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda may oyidan O‘zbekistonda nafaqa va pensiyalar miqdori 10 foizga oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, vazirlikka pensiya va nafaqalarni inflatsiyadan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish vazifasi yuklatilgan va ushbu yo‘nalishda doimiy ravishda ish olib boriladi. Ya’ni pensiyalarni oshirish vazifasi doimo kun tartibida.

Qo‘shimcha qilinishicha, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish bo‘yicha xabarlar rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

O‘z navbatida Moliya vazirligi ham pensiya va nafaqalarning keyingi oydan oshishi haqidagi xabarlarni to‘liq inkor etmadi.

Avvalroq, pensiya va nafaqalarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilingani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, oxirgi marta budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 2021 yilning 1 sentabridan 1,1 barobarga oshirilgandi.

Mavzuga oid