Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Iroq shimolida harbiy operatsiya boshladi
Ma’lum qilinishicha, Iroqning Metin, Zap va Avashin-Bas’yan rayonlarida antiterror tadbirlari o‘tkaziladi.
Turkiya armiyasi Iroq shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) terrorchilik tashkiloti jangarilariga qarshi yangi operatsiya boshladi.
Pençe Kilit deb nomlangan operatsiya boshlangani to‘g‘risida Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, antiterror tadbirlari Iroqning Metin, Zap va Avashin-Bas’yan rayonlarida o‘tkaziladi.
Akar terrorchilar obektlariga kuchli aviazarbalar berilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, jangarilar joylashgani taxmin qilingan rayonlar yirik kalibrli artilleriya va o‘ziyurar artilleriya qurilmalari yordamida o‘qqa tutildi. Iroq shimoliga maxsus harbiy guruh tashlangan.
«Operatsiya muvaffaqiyatli va rejaga muvofiq davom etmoqda. Birinchi bosqich doirasida rejalashtirilgan barcha nishonlar ustidan nazorat o‘rnatildi», - dedi Turkiya mudofaa vaziri.
U Anqara Iroq suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini, turk armiyasining barcha harakatlari mintaqada terrorizm tahdidini yo‘q qilishga qaratilganini ta’kidladi.
KIP AQSh va Yevropa ittifoqi tomonidan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025