Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyer shahrida Nexia-3 mashinasining gaz balloni portladi
Oqibatda Nexia-3 butunlay yaroqsiz holga kelgan. Shuningdek, portlash zarbi tufayli uning yonida turgan ikkita mashinaga ham zarar yetgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan “A.Jomiy” MFY hududida Nexia-3 mashinasi gaz balloni portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lumotda yozilishicha, 2022 yil 21 aprel kuni soat 9:50 larda, Yangiyer shahri, “A.Jomiy” MFY Paxtakor ko‘chasida joylashgan “Vatanparvar” tashkiloti binosi ro‘parasida qoldirilgan, haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan B.Q.ga tegishli Nexia-3 mashinasi gaz balloni portlab ketgan.
Oqibatda Nexia-3 mashinasi butunlay yaroqsiz holga kelgan. Portlash zarbi tufayli uning yonida turgan ikkita mashinaga ham zarar yetgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisada hech kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Hozirda hodisa yuzasidan viloyat FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi
15:26 / 25.04.2025