Jahon | 14:39 / 22.04.2022
8509
1 daqiqa o‘qiladi

Borrel Putinni Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortishda aybladi

Jozep Borrel Yevroittifoq Ukrainaga «tajovuzdan himoyalanishi» uchun yordam berishini ta’kidladi.

Foto: AFP

Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YeI Rossiya Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazishni istamayapti deb hisoblashini, shu bois ittifoq a’zolari Kiyevga yordam berishda davom etishini aytdi.

«Muzokaralar stoli ustida ish olib borishmi? Albatta! Ertaga, hozir! Muammo shundaki, Putin «yo‘q» demoqda, — dedi Borrel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya kansleri Karl Nehammer Moskvadan qaytib kelib «Putin muzokaralar to‘g‘risida gapirishni xohlamayotgani» va «Donbassda katta hujumga tayyorlanayotgani»ni aytgan.

Borrel YeI Ukrainadagi keskinlik tugashiga umid qilayotgani va Yevroittifoq Ukrainaga «tajovuzdan himoyalanishi» uchun yordam berishini ta’kidladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid