Jamiyat | 17:00 / 22.04.2022
20661
2 daqiqa o‘qiladi

ERIELL: 46 yildan so‘ng neft olish

ERIELL Group tomonidan «Xo‘jaobod» konida (Andijon viloyati) quduqni ta’mirlash muvaffaqiyatli o‘tkazilib, buning natijasida 1976 yildan beri birinchi marta neft olina boshlandi.

Foto: ERIELL Group

334-sonli quduq uzoq 1950 yilda burg‘ilanib, ishga tushirilgan, 1976 yilda u likvidatsiya fondiga o‘tkazilgan.

ERIELL Gpoup tomonidan qo‘llanilayotgan quduqni kapital ta’mirlashning zamonaviy texnologiyalari (UKRS) 334-sonli quduqqa deyarli ikkinchi hayot bag‘ishlash imkonini berdi.

Joriy yilning 3 yanvaridan 31 yanvarigacha bo‘lgan davrda QKT 99-sonli ERIELL quduqlarini kapital ta’mirlash brigadasi tomonidan quduqdan foydalanish va neft olishga imkon beradigan zarur hajmdagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan, QKT ishlarini amalga oshirishda zamonaviy texnologiyalar, uskunalar va texnik vositalardan foydalangan holda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- Tsement ko‘priklarini burg‘ilash va zaboyni turli xil asboblar (jumladan 3 sharoshkali doloto, yon yuzani frezlash, magnit va zaboy frezi va boshqalar) yordamida normallashtirish;

-Qatlamlarning neft bilan to‘yinganligini aniqlash bo‘yicha geofizik tadqiqotlar;

- AQSh va Germaniyada ishlab chiqilgan ilg‘or dasturlar (geoaxborot tizimi)da geofizik ma’lumotlarni interpretatsiya qilish;

- Kislotali kompozitsiyadan foydalangan holda qatlamni intensifikatsiya qilish (NouXau retsepturasi).

Nasos tushirilgach, obekt buyurtmachiga topshirildi.

««Xo‘jaobod» koni 334-sonli qudug‘ining ishga tushirilishi ERIELL Group tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligini isbotladi va natijada debiti sutkasiga 5,3 tonna bo‘lgan neft oqimi olindi. Ayni paytda, quduq tartibli ishga tushirilgandan so‘ng, neft debiti kuniga o‘rtacha 3 tonnagacha bo‘lgan ko‘rsatkich bilan ishlamoqda», – dedi Sanoat Energetika Guruhi MChJ XK direktori Shokir Fayzullayev.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar buyurtmachi Sanoat Energetika Guruhi MChJ XKning «Asosiy fondlarni kapital ta’mirlash» loyihasi doirasida olib borilganini qayd etish joiz. ERIELL Group loyihaning Bosh pudratchisi hisoblanadi.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid