“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida soxta eksponatlar aniqlandi
Kirim kitobi tavsifnomalariga muzeydagi 101 ta ashyoning o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri mos kelmagan.
Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi va Madaniy meros agentligi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlarini olib borganda, muzey ashyolarida kamchiliklar aniqlangan, deb xabar bermoqda agentlik.
O‘rganishlarga ko‘ra, ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilganini asoslovchi hujjatlar topilmagan.
Noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlangan.
“O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi”, – deyilgan agentlik xabarida.
Mavzuga oid
23:05 / 22.11.2024
Fransiyadagi muzeydan 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
16:05 / 17.10.2024
Misrda dunyodagi eng qimmat muzey ochildi. Uni qurishga qariyb 20 yil vaqt ketdi
20:41 / 08.10.2024
Niderlandiyada muzey xodimi metall bankalar ko‘rinishidagi art-obektni tashlab yubordi
00:11 / 18.08.2024