Jahon | 14:40 / 23.04.2022
6386
1 daqiqa o‘qiladi

Bosniyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazining ma’lumot berishicha, yer silkinishi butun Bolqon yarimorolida sezilgan.

Foto: Anadolu Agency

Bosniya va Gersegovinada kuchli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi DW

Zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangan.

AQSh geologiya xizmatining (USGS) ma’lumot berishicha zilzila magnitudasi 5,7 ballga teng bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i Stolats shahridan 16 km uzoqlikda joylashgan.

Bir necha shaharlarda ko‘plab uylar vayron bo‘lgani aytilmoqda.

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazining ma’lumot berishicha, yer silkinishi butun Bolqon yarimorolida sezilgan.

Bolqon yarimoroli yuqori darajadagi seysmik faol hudud hisoblanadi. 2020 yil dekabrda Xorvatiyada sodir bo‘lgan 6,4 balli zilzila natijasida yetti kishi halok bo‘lgan, yuzlab binolar vayron bo‘lgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid