Jahon | 15:00 / 26.04.2022
22447
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov yadroviy urush xavfi borligini aytdi

Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, NATO a’zolarining Kiyevga qurol yetkazib berishi "Rossiyaga qarshi vositachilik urushi" hisoblanadi.

Foto: AFP/Getty Images

Haqiqiy yadroviy urush xavfi mavjud, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Hozirda aniq xatarlar mavjud. Ularni sun’iy ravishda ko‘pirtirishlarini istamasdim. Xohlovchilar yetarli. Xavf jiddiy, haqiqiy", - dedi u.

Hozirgi vaziyatni Karib inqirozi davri bilan solishtirarkan, Lavrov o‘sha paytlarda ham "yozilgan qoidalar" oz bo‘lganini aytdi. Ammo uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Vashington o‘zini qanday tutayotgani, Vashington esa Moskva o‘zini qanday tutayotganini tushunib turgan. Rossiya vaziri Karib inqirozi vaqtida SSSR va AQSh yetakchilari "ishongan muloqot kanali" bo‘lganini aytdi. 

"Hozir bunday kanal yo‘q va hech kim uni yaratishga harakat qilmayapti", - dedi Sergey Lavrov. 

U shuningdek, NATO a’zolarining Kiyevga qurol yetkazib berishi "Rossiyaga qarshi vositachilik urushi" hisoblanishini ta’kidladi. Rossiya qurolli kuchlari bu qurollar omborlarini Ukraina hududidagi nishon sifatida ko‘radi, dedi Lavrov.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid