Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Polshaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
26 aprel kuni Polsha hukumati «Gazprom»ga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.
Foto: PTWP
Rossiya Polshaga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi, deb xabar berdi «Onet» nashri. Gap ikki tomonlama Yamal shartnomasi doirasidagi majburiyatlar to‘g‘risida bormoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat milliy iqlim vazirligida mavjud vaziyatni muhokama qilish va yechim topish bo‘yicha krizis guruh shakllantirilgan.
26 aprel kuni Polsha hukumati «Gazprom»ga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi. Hukumat mustaqil harakatlanishga qaror qilgan va Yevroittifoq sanksiyalaridan alohida cheklovlar kiritgandi.
Sanksiyalar EuroPol Gaz — «Gazprom» va Polshaning PGNiG kompaniyalari qo‘shma korxonasiga nisbatan joriy etilgan.
Rossiya va Polsha o‘rtasidagi Yamal shartnomasi 1996 yilda tuzilgandi. Shartnomada gazni avvaldan belgilangan narxda yetkazib berish ko‘zda tutilgan va u 2022 yilda nihoyasiga yetadi.
Avvalroq Polshaning Gaz-System gaz tarmoqlari operatori rahbari Tomash Stempen mamlakat gaz tizimi sharqiy yo‘nalishdan gaz olishni to‘xtatishga tayyorligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
08:40 / 13.05.2025