O‘zbekiston | 08:37 / 27.04.2022
6036
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident «Organik mahsulotlar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

“Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
 
Qonun organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamg‘alash va realizatsiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizatsiyalashtirishni tartibga soladi.

Organik mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirilgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun subsidiyalar ajratiladi.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda sog‘lom hayvonlar va o‘simliklardan, xavfsiz mahsulotlardan hamda kelib chiqishi hayvonlar va o‘simliklarga mansub bo‘lgan xomashyodan foydalaniladi.

Organik mahsulotlarni tamg‘alashda “organic” (organik), “biologic” (biologik), “ecologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan so‘zlardan foydalanilishi mumkin.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri yuritiladi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid