Hokim yordamchilari uchun malaka oshirish seminari boshlandi
Seminar yakuni bo‘yicha tinglovchilar test topshirib, Oliy maktab sertifikatini olishadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi hamkorligida hokim yordamchilari uchun 3 kunlik malaka oshirish seminari boshlandi.
Seminarning asosiy maqsadi tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilishini takomillashtirish, mahallalarning «o‘sish nuqtalari»ni aniqlash bo‘yicha metodik bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash, mahalla hududida infratuzilma yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan hamda mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning yechimini topish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Oliy maktab o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, respublikadagi barcha (10 ming 340 nafardan ortiq) hokim yordamchilari uchun mo‘ljallangan 27 soatlik malaka oshirish seminarining o‘quv dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Seminarga Oliy maktabning 10dan ortiq tajribali professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.
Seminar yakuni bo‘yicha tinglovchilar test topshirib, Oliy maktab sertifikatini olishadi.
Mavzuga oid
09:43 / 07.05.2022
Yunusobod tumanida hokim yordamchisi 35 ming dollar bilan ushlandi
13:58 / 28.04.2022
Toshkent tumanida hokim yordamchisi va uning sinfdoshi qo‘lga olindi
18:23 / 19.04.2022
O‘zbekistondagi oilalar iqtisodiy holatiga ko‘ra 4 toifaga ajratildi
08:04 / 17.04.2022