O‘zbekiston | 18:59 / 29.04.2022
34223
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyati prokurori bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Sirdaryo viloyati prokurori Shohrux Azamatovich Aminov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.

Shohrux Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlagan.

2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, 2018-2020 yillarda Navoiy viloyati prokurori bo‘lgan. 2020 yil noyabrida Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlangandi.

Mavzuga oid