Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh janubi-g‘arbida uch haftadan buyon o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Yong‘in 6 aprel kuni Nyu-Meksikoning beshta turli nuqtasida bir vaqtning o‘zida boshlangandi.
AQShning Nyu-Meksiko shtatida avj olgan o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.
Mamlakatdagi eng yirik yong‘in 6 aprel kuni Nyu-Meksikoning beshta turli nuqtasida bir vaqtning o‘zida boshlangandi. Olov Santa-Fe shahrigacha yetib keldi. Yong‘inlar tarqalgan hudud 303 kv. kilometrni tashkil etadi.
Nyu-Meksiko shtati aholisining bir qismi evakuatsiya qilindi.
Kuchli shamol va quruq havo yong‘inni o‘chirishni qiyinlashtirmoqda. Olov kutilganidan ko‘ra tezroq tarqalmoqda.
Yong‘inni o‘chirishga 2 ming nafar o‘t o‘chiruvchi qutqaruvchilar jalb etilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025