O‘zbekiston | 17:42 / 07.05.2022
7356
1 daqiqa o‘qiladi

Urganchda aviachiptalarni soxtalashtirgan firibgarlar aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Qayd qilinishicha, Urganch shahridagi «P.B.A.» xususiy korxonasi rahbari M.Sh. va norasmiy ishchisi X.X. 34 nafar fuqaroning nomiga soxta elektron aviachiptalarni rasmiylashtirib, har birini 3-3,5 mln so‘mdan jami 106,2 mln so‘m va 200 AQSh dollariga sotib, pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid