Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg Rossiyani Ukrainadagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi
Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukraina tarafida qat’iy turadi va mamlakatga o‘zini himoya qilish uchun yordam berishda davom etadi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Kiyevga yordam berishga tayyorligini ta’kidladi va Rossiyani Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
“Prezident Putinni yana bir bor zudlik bilan urushni to‘xtatishga, Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga va tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqiraman”, - dedi u Die Welt nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukraina tarafida qat’iy turadi va mamlakatga o‘zini himoya qilish uchun yordam berishda davom etadi.
Stoltenberg "ilgari Moskva G‘arb haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish va NATOni tanqid qilish uchun muntazam ravishda 9 may kunidan foydalanib kelgan”ini ta’kidladi.
20 aprel kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Kiyevga kelishuv to‘g‘risidagi hujjat loyihasini bergani va javob kutayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025