Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi neft embargosi bo‘yicha bir qarorga kela olmadi
Rossiyadan neft ta’minotiga qaramligi sababli alohida vaziyatga tushib qolgan ayrim mamlakatlarga neft yetkazib berish xavfsizligi kafolatlari hali ham ishlab chiqilmoqda.
Yevropa ittifoqining doimiy vakillari bir necha kunlik muzokaralardan so‘ng Rossiyaga qarshi neft embargosi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.
8 may, yakshanba kuni Yevropa ittifoqi kengashida raislik qilayotgan Fransiya va Yevrokomissiyaning ma’lum qilishicha, Rossiya nefti ta’minotiga qaramlik tufayli alohida vaziyatga tushib qolgan ayrim mamlakatlar uchun neft yetkazib berish xavfsizligi kafolatlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, so‘nggi bir necha kun ichida takliflar faol muhokama qilingani va buning natijasida sezilarli yutuqlarga erishilgani aytildi.
Bayonotda aytilishicha, sanksiyalar paketini tezroq qabul qilish uchun barcha darajadagi muzokaralar yangi hafta boshida davom etadi. Yevropa ittifoqi komissiyasi avvalroq Rossiya nefti ta’minotiga eng ko‘p qaram bo‘lgan Vengriya, Slovakiya va Chexiyaga yangi xomashyo manbalariga ega bo‘lishi uchun rejalashtirilgan cheklovlarni kechiktirishni taklif qilgan edi: Praga 2024 yil iyulidan boshlab embargo joriy qilishi mumkin, Budapesht va Bratislava esa - 2025 yildan.
Biroq, bir qator davlatlar uchun bu taklif yetarli darajada foydali emas bo‘lib chiqdi. Ular qo‘shimcha imtiyozlarni talab qilmoqda - ko‘proq vaqt va moliyaviy yordam. Bolgariya ham o‘zi uchun istisno taqdim etilishini xohlayapti. Shu bilan birga, sanksiyalar paketini qabul qilish uchun barcha davlatlarning roziligi talab qilinadi.
Rossiya nefti Vengriya, Chexiya va Slovakiyaga «Drujba» quvuri orqali yetkazib beriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Chexiya neft iste’molining yarmini Rossiya manbalaridan qoplagan. Vengriya esa neftning 65 foizini Rossiyadan oladi. Slovakiya uchun Rossiya neftning yagona manbai hisoblanadi.
Biroq, YeI komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlarga yetkazib berish Rossiyaning Yevropa ittifoqiga neft importi umumiy hajmining juda kichik qismini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
08:40 / 13.05.2025