So‘xning ayrim hududlarini sel bosdi
11 may kuni soat 18:00 larda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Farg‘ona viloyati So‘x tumanining "Oftobru", "Malbut", "Sharqobod", "Sohibkor" MFYlarda, Farg‘ona tumanining Shohimardon hududi “Yordon” MFYlarida sel oqimlari kuzatildi.
Tabiiy ofat natijasida So‘x tumanining “Malbut”, “Devayron” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Devayron” soy o‘zaniga sel oqimi sig‘may qolgan.
Natijada “So‘x-Rishton” avtomobil yo‘lining qatnov qismiga loyqa va turli tog‘ jinslari oqib kelgan.
Sel suvlari Malbut qishlog‘idagi xonadonlarning yerto‘la, qo‘shimcha bino va tomorqalariga kirgan.
Hozirda maxsus texnikalar yordamida sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:03 / 17.04.2025
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi

21:37 / 11.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

14:22 / 10.04.2025
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafot keltirdi

16:45 / 07.04.2025