Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi
U darsdan so‘ng sinfdoshlari bilan kanalga cho‘milishga borgan va cho‘kib ketgan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 7 may kuni Nishon tumanida joylashgan 42-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tuman hududidan o‘tgan kanalga cho‘milgani borishgan.
Cho‘milish jarayonida 9-sinf o‘quvchisi cho‘kib ketgan. Shundan so‘ng uning sheriklari darhol bu haqda tuman IIB va FVBga xabar berishgan. Qutqaruvchilar cho‘kkan o‘quvchining jasadini suv ostidan olib chiqishgan.
Qayd etilishicha, hozirda o‘quvchi cho‘kib ketishi yuzasidan tuman prokuraturasi va IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
13:58 / 29.04.2025
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi
12:03 / 19.04.2025