Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Roskomnadzor» Rossiyada yana 25ta saytni blokladi
Bloklash Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqiruvchi materiallarni e’lon qiluvchi sayt, shuningdek, rus tilidagi Germaniya yangiliklari bo‘lgan resursga ta’sir ko‘rsatdi.
Rossiya Bosh prokuraturasining talabiga binoan 15 may, yakshanba kuni Rossiyada yana 25ta sayt bloklandi. Ularning ro‘yxati «Roskomsvoboda» loyihasi tomonidan e’lon qilingan.
Bloklash Voiny.net resursini ham chetlab o‘tmadi. Uning yaratuvchilari fikriga ko‘ra, «resurs harbiy harakatlarni to‘xtatish hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikni tiklash uchun pozitsiyani ifodalashning turli usullarini bir joyda to‘playdi». Shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini yorituvchi Pogibshieplenneukraina.com sayti cheklandi.
Bundan tashqari, Germaniya haqidagi yangiliklarni rus tilida e’lon qiluvchi Germania.one sayti va Ukrainaning Kramatorsk.info axborot resursi bloklandi.
Bir kun avval, 14 may kuni «Roskomnadzor» 34ta saytni, jumladan, «Kavkazskiy uzel»ning ikkita domeni – kavkaz-uzel.ru va kavkaz-uzel.media’ni cheklashga qaror qildi.
«Roskomsvoboda» loyihasining tushuntirishicha, bloklashga qaror qilingan havolalarga ega ba’zi maqolalar kengaytirilgan HTTPS protokoli orqali reyestrga kiritilgan. Shu sababli, nafaqat maqolalarning o‘zi, balki ularni joylashtirgan saytlarga ham kirish cheklandi.
Bundan oldin Ukraina bilan urush boshlanganidan keyin Rossiyada 3000ta sayt bloklangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
10:49 / 29.01.2025
Rossiya 2024 yilda rekord miqdordagi saytlarni blokladi
09:33 / 20.12.2024
Roskomnadzor «YouTubeʼga qarshi choralar uchun asoslar»ni e’lon qildi
12:58 / 28.09.2024