Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada do‘kon o‘g‘riliklari soni ortib bormoqda
2022 yilning fevralidan apreligacha Rossiya do‘konlarida o‘g‘rilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshdi. O‘g‘irlangan mahsulotning o‘rtacha pul miqdori 1,5 ming rublni tashkil etdi.
2022 yilning fevralidan apreligacha Rossiyadagi do‘konlarda o‘g‘rilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshdi. Bu haqda 15 may, yakshanba kuni RBK nashri NTechLab yuzni tanib olish tizimi ishlab chiqaruvchisining tahliliy hisobotiga tayanib xabar berdi.
Hujjatda aytilishicha, asosiy «trend» o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalarida tovarlarni o‘g‘irlash bo‘lgan. Ushbu turdagi o‘g‘riliklar soni uchdan bir qismdan ko‘proqqa (34 foiz) oshgan. Bundan tashqari, savat bilan birga mahsulotlarni o‘g‘irlash holatlari 27 foizga oshgan.
O‘g‘irlangan mahsulotning o‘rtacha pul miqdori 1,5 ming rublni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga yuqori. Ko‘pincha qandolat mahsulotlari (barcha o‘g‘irliklarning 19 foizi), kolbasa (16 foiz), alkogol (14 foiz), pishloqlar (13 foiz), qahva va kakao (7 foiz) javonlardan o‘g‘irlanadi, deydi mutaxassislar. Shuningdek, kiyim-kechak do‘konlari, bolalar mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlari do‘konlarida o‘g‘irliklar ko‘paygan.
«Sportmaster» guruhining biznes menejyeri Sergey Agibalov so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilik holatlarining ko‘payishi mamlakatda muammolar ortganidan dalolat beradi. «Iqtisodiyot biroz pasaya boshlagach, o‘g‘rilik holatlari ko‘paya boshlaydi», - deydi u.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga munosabat sifatida Moskvaga qarshi Rossiya iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan bir nechta sanksiyalar paketi joriy etilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025