Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjaga olib chiqiladigan mahsulotlar turini oshirish vazifasi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda yil yakuniga qadar birjalarga o‘z mahsulotini olib chiqadigan mahalliy tadbirkorlar sonini kamida 2 baravarga, mahsulotlar turini esa 5 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi.

Hozirda 45 mingdan ziyod mahalliy sanoat korxonalarining bor-yo‘g‘i 7 foizi birjaga o‘z mahsulotini chiqarayotgani tanqid qilindi.
Jomboy tumanidagi g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona o‘z mahsulotini birjaga olib chiqishi natijasida 21 milliard so‘mlik daromad olgan. Uychi tumanidagi beton qorishmasi ishlab chiqaruvchi korxona 10 milliard so‘mlik mahsulotini birja orqali sotgan.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan bu tajriba joylarda yo‘lga qo‘yilmagani prezident tomonidan tanqid qilindi.
24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Ushbu tumanlarda 2022 yilda umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 150 ta loyihani amalga oshirish reja qilingan.
Lekin bugungi kunda gipsokarton, quruq qurilish qorishmalari, lak-bo‘yoq, kafel, mix kabi mahsulotlarni birjaga qo‘yish bo‘yicha cheklovlar mavjud.
Mavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025