O‘zbekiston va Belarus investitsiyalar bo‘yicha yangi bitimni tasdiqlaydi
Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Belarus hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, qaror loyihasining qabul qilinishi davlat budjetidan qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi.
Qaror loyihasi qabul qilinishi orqali 2019 yil 1 avgust kuni Minsk shahrida imzolangan yuqoridagi hukumatlararo bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat protseduralari amalga oshiriladi hamda bitimni qo‘llash uchun zamin yaratiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida Belarus tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.
Mavzuga oid
20:29
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
08:10 / 12.11.2024