Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent» xalqaro aeroportida estakadaga kirish vaqtincha yopildi
«Toshkent» xalqaro aeroportida estakadaga kirish vaqtincha yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, estakada yo‘l belgilari yangilanishi munosabati bilan vaqtincha yopilgan. Harakat 25 may kuni tushdan keyin qayta tiklanadi.
Ma’lumot uchun, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalarining transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.
Estakada bo‘ylab terminalga o‘tish qoidalari quyidagicha:
- estakadaning o‘ng tomondagi chizig‘i sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizig‘i esa taksilar uchun mo‘ljallangan;
- taksilar uchun estakadada yo‘lovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
- estakadaning o‘ng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va jarima to‘lanishini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.
Estakadada bir vaqtning o‘zida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobil joylashishi mumkin.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025