Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenning maslahatchilari maxfiy ravishda Saudiya Arabistoniga bordi – OAV
Mart oyida Oq uyning Bayden va Saudiya Arabistoni hamda Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari o‘rtasida telefon orqali muzokaralar tashkil etishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.
Foto: Anadolu Agency/Getty Images
AQSh prezidenti Jo Baydenning ikki maslahatchisi qator masalalarni muhokama qilish uchun maxfiy ravishda Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Axios o‘z manbalariga tayanib.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha koordinator Brett Makgerk va davlat departamentining global energetika xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Amos Xoxshteyn 24 may kuni Ar-Riyodga kelgan.
Nashrning yozishicha, AQSh Saudiya Arabistoni, Isroil va Misr o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilmoqda. Gap Qizil dengizdagi Tiran va Sanafir orollarini Isroilning roziligi bilan Misrdan Saudiya Arabistoni suverenitetiga o‘tishi to‘g‘risida bormoqda.
Vashington shuningdek, Saudiya Arabistonidan neft qazib olishni ko‘paytirishni so‘raydi.
Qayd etilishicha, Bayden iyunda Yaqin Sharqqa safari doirasida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
The Wall Street Journal nashrining ma’lumot berishicha, mart oyida Oq uy Bayden va Saudiya Arabistoni hamda Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari o‘rtasida telefon orqali muzokaralar tashkil etishga uringan. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va BAA shayxi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Bayden bilan muloqot qilishni istamagan.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
22:46 / 27.05.2025