Jahon | 21:08 / 28.05.2022
14106
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada bepul oziq-ovqat tarqatilishi vaqtida 31 kishi halok bo‘ldi

Fojia bepul oziq-ovqat va buyumlar turgan zalga olomon bostirib kirishi oqibatida paydo bo‘lgan tiqilinch sababli yuz bergan. 

Foto: Thewhistler

Nigeriya janubida ehtiyojmand aholiga bepul mahsulotlar tarqatilishi vaqtida 31 kishi, jumladan, bir homilador ayol va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda PM News nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ertalab tadbir o‘tkaziladigan cherkov yaqinida minglab odamlar to‘plangan.

Fojia bepul oziq-ovqat va buyumlar turgan zalga olomon bostirib kirishi oqibatida paydo bo‘lgan tiqilinch sababli yuz bergan. 

Keyinroq cherkov yuridik maslahatchisi va tadbir tashkilotchisi politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Tiqilinchda jarohatlanganlar shifoxonaga olib borilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid