Musulmon ulamolari ittifoqi Al Aqso masjidini himoya qilishga chaqirdi
Al Qoradog‘iy musulmon yetakchilari va xalqlari «Al Aqso va Quddusga nisbatan ig‘vogarona xatti-harakatlarning oldini olish uchun bor kuchlarini ayamasligi»ga umid bildirdi.

Foto: Anadolu Agency
Jahon musulmon ulamolari ittifoqi (JMUI) islom dunyosi rahbarlari va xalqlarini Sharqiy Quddusdagi Al Aqso masjidini himoya qilishga chaqirdi.
JMUI bosh kotibi Ali al Qoradog‘iyning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq mutaassib yahudiylarning mazkur masjidga qarshi amalga oshirayotgan ig‘vogarona harakatlarini qoralaydi.
Qoradog‘iy musulmon yetakchilari va xalqlari «Al Aqso va Quddusga nisbatan ig‘vogarona xatti-harakatlarning oldini olish uchun bor kuchlarini ayamasligi»ga umid bildirdi.
«Al Aqso masjidi, Quddus va egallab olingan barcha Falastin yerlari musulmonlarga ishonib topshirilgan. Ular bu muqaddas joylar uchun Yaratgan va kelajak avlod oldida javobgardir», -dedi Qoradog‘iy.
Bundan tashqari, JMUI bosh kotibi jahon hamjamiyatiga falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashini so‘rab murojaat qildi.
Avvalroq Sharqiy Quddusda bir guruh isroilliklar «bayroqli yurish» o‘tkazgandi.
Mavzuga oid

23:47 / 18.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi

12:10 / 15.04.2025
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi

10:47 / 11.04.2025
Isroil bilan to‘qnashuvdan so‘ng HAMASdan nima qoldi?

22:18 / 07.04.2025