O‘zbekiston | 08:00 / 02.06.2022
14914
2 daqiqa o‘qiladi
May oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi
Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.
2022 yil may oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 18 000 so‘m;
- Andijon viloyati – 19 000 so‘m;
- Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
- Jizzax viloyati –19 600 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
- Navoiy viloyati – 18 000 so‘m;
- Namangan viloyati – 15 000 so‘m;
- Samarqand viloyati – 20 300 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 17 300 so‘m;
- Toshkent viloyati – 21 000 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
- Xorazm viloyati – 19 600 so‘m;
- Toshkent shahri – 25 800 so‘m.
Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024