Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istondan 430 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotib oldi
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 430,3 mln dollar.
Keyingi o‘rinlarni mos ravishda 284 mln dollar va 128 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari olib kelingan Rossiya hamda Braziliya egalladi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Belarus – 49,3 mln;
- Pokiston – 39,4 mln;
- Ekvador – 21,5 mln;
- Turkiya – 21 mln;
- Xitoy – 18,1 mln;
- Eron – 17 mln;
- Ukraina – 11,8 mln AQSh dollari.
Bundan oldin O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025